Bayden va Makron qanday bayonotlar berishdi?

Bayden va Makron qanday bayonotlar berishdi?

Prezidentlar Jo Bayden va Emmanuel Makronning Oq uydagi uchrashuvi yakunida e’lon qilingan qo‘shma bayonotlari bilan tanishing:

— AQSh va Fransiya Ukraina suvereniteti va yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi va unga qancha kerak bo‘lsa shuncha yordam beradi;

— Bayden va Makron NATOning yadroviy arsenali tinchlikni saqlash uchun zarurligini ta’kidlaydi;

— Qo‘shma Shtatlar va Fransiya istiqbolli harbiy-texnik hamkorlikni kengaytiradi;

— Bayden va Makron Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlashga chaqiradi, Shimoliy Koreyaning raketa uchirishlarini qoralaydi;

— Qo‘shma Shtatlar va Fransiya Eron hech qachon yadroviy qurolga egalik qilmasligini ta’minlash niyatida;

— AQSh va Fransiya Yevropaga gaz yetkazib berishni diversifikasiya qilishda davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!