Bayden qanday kasalliklardan aziyat chekadi?

Bayden qanday kasalliklardan aziyat chekadi?

AQSh prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘i to‘g‘risidagi mish-mishlardan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, unda uyqu apnesi, giperlipidemiya, gastroezofagial reflyuks va artrit kabi qator kasalliklar aniqlangan. Bu haqda “RIA Novosti” shifokor hisobotiga tayanib xabar berdi.

Tibbiy hujjatga ko‘ra, Amerika prezidentiga obstruktiv uyqu apnesi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u o‘pka ventilyasiyasining to‘xtashi shaklida namoyon bo‘ladi va xotira buzilishiga, faoliyatning pasayishiga va intellektning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artriti, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti kasalliklari aniqlangan.

“Bemorda lentigo va aktinik o‘zgarishlar (terida dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi) mavjud”, — deyiladi xulosada.

Shuningdek, AQSh rahbarida bosh suyagi asablari va vestibulyar funksiya normada ekanligi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!