AQSh Demokratik partiyasi vakillari, agar Jo Bayden saylovdan voz kechsa, vise-prezident Kamala Xarrisni prezidentlikka nomzod sifatida tanlashga ko‘proq moyil bo‘lmoqda. Ichki so‘rovlarga ko‘ra, demokratlar Xarris xonimning nomzodini partiyadagi «ishtiyoqni oshirish» uchun eng foydali deb hisoblamoqda. Bu haqda CNN manbalarga tayanib yozdi.
Qayd qilinishicha, ko‘plab demokratlar prezidentlikka ehtimoliy yangi nomzodni muhokama qilishdan bosh tortmoqda, chunki Bayden kelasi hafta poygaga qaytishi kutilmoqda. Hozir u koviddan davolanmoqda.
Ammo demokratlar orasida «hamma narsa o‘zgarishi mumkin» deb hisoblaydiganlar ham bor. Vakillar palatasining demokrat a’zolaridan biri Kamala Xarrisni Jo Baydenning o‘rnini egallashi kerak, deb hisoblamoqda, chunki «u prezident rahbarligida kuchli kampaniya olib bormoqda». CNN manbasiga ko‘ra, demokratlar uchun zudlik bilan vise-prezident atrofida birlashish muhim bo‘ladi. Boshqa manbaning aytishicha, hozir Xarris xonimning «prezidentlik lavozimi uchun tayyorligi baholanmoqda».
Respublikachilar partiyasidagi manbaning aytishicha, ular Jo Bayden o‘rnini Kamala Xarris egallashidan foyda ko‘radi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.