Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi

Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi

NATO sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden u bilan salomlashmoqchi bo‘lgan Koreya rahbariga e’tibor bermadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Madriddagi NATO sammitida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolya oldidan e’tiborsizlarcha o‘tib ketdi. Mazkur kadrlar aks etgan video “Yonhap News TV” tomonidan tarqatildi.

Kadrlarda Janubiy Koreya rahbari Bayden bilan salomlashish uchun u tomonga qadam tashlayotgani aks etgan. Biroq, Amerika prezidenti Yun Sok Yolyaga e’tibor bermasdan, uning yonidan o‘tib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev bilan salomlashgan.

Yun Sok Yolya NATO sammitiga mehmon sifatida tashrif buyurgan. U forum doirasida bir qator dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Janubiy Koreya Prezidenti Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Yaponiya yetakchilari bilan suhbatlashdgan.

Oq uy rahbari ushbu sammitda birinchi marta noqulay vaziyatga tushib qolgani yo‘q. Bir kun oldin u Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar chog‘ida noto‘g‘ri gapirib, NATOni o‘ziga-o‘zi tahdid deb atagan edi. Bundan tashqari, Bayden qirol Filipp VI va qirolicha Letisiya bilan uchrashganda qirollik protokolini buzgan.

Bayden tez-tez noqulay vaziyatga tushib turadi. Masalan, fevral o‘rtasida Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgan edi. Qolaversa, mamlakat vise-prezidenti Kamala Harrisni bir necha bor AQSh prezidenti deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!