O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreyaning Muan xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan samolyot halokati bo‘yicha hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram sahifasida yozdi.
“Koreya Respublikasining Muan xalqaro aeroportida yuz bergan fojiali samolyot halokatidan chuqur qayg‘udamiz. Tashqi ishlar vazirligi nomidan ushbu dahshatli voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deya yozgan Saidov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 dekabr kuni Janubiy Koreyadagi aeroportda bortida 181 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Samolyot mamlakat janubi-g‘arbidagi Muan xalqaro aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va qo‘nish yo‘lagi tashqarisidagi to‘siqqa urilib, yonib ketgan.
Xabar qilinishicha, ichida 175 yo‘lovchi va olti nafar bort xodimi bo‘lgan Jeju Air samolyoti Tailandning Bangkok shahridan qaytayotgan va qo‘nayotgan vaqtda avariyaga uchragan. Yo‘lovchilarning 173 nafari Janubiy Koreya fuqarosi va ikki nafari Tailand fuqarosi bo‘lgan. Halokatga uchragan Boeing bir kun oldin ham bortdagi favqulodda vaziyat to‘g‘risida xabar bergan. O‘shanda havo kemasi parvozni davom ettirishdan oldin majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 179 kishi halok bo‘lgan. Omon qolgan ikki kishi – bir yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan biri.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
“АҚШ Халқаро тараққиёт агентлиги ва Давлат департаменти билан келишилган ҳолда биз 3,4 миллиард доллар ажратмоқдамиз”, деди Еллен, АҚШ молия вазирлиги.
Эслатиб ўтамиз, Исроил армияси томонидан Ғазо шимолида давом этаётган ҳалокатли қамал Байт Ханун, Байт Лаҳия ва Жабалиядаги фаластинликларни икки ярим ойдан кўпроқ вақт давомида асосий хизмат воситаларидан узиб қўйган.
Украина президенти Владимир Зеленский озарбайжонлик ҳамкасби Илҳом Алиевга шу ҳафта бошида бортида 67 киши бўлган Россияга учаётган самолёт ҳалокати муносабати билан ҳамдардлик билдирди.
Ижтимоий тармоқларда боксчи Шаҳрам Ғиёсов айиқ билан машғулот ўтказгани акс этган видео тарқалди. Бу ҳолат ижтимоий тармоқ фойдаланувчиларининг эътирозларига сабаб бўлган.
Кремл матбуот хизмати Россия ва Озарбайжон президентларининг суҳбати ҳақида хабар берди. Суҳбат Россия томонининг ташаббуси билан бўлиб ўтди, деб ёзади “ТАСС”.