"Barselona" yana bir katta xarid amalga oshirmoqchi, faqat

"Barselona" yana bir katta xarid amalga oshirmoqchi, faqat

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes kataloniyaliklar "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olgan taqdirdagina yarim himoyachi Frenki de Yongning sotilishini ma’qullaydi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Oldinroq, De Yong klub maoshlar bo‘yicha qarzdorlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilmaguncha, "Barselona"ni tark etishdan bosh tortayotgani xabar qilingandi.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 46 o‘yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!