"Barselona" o‘z maydonida g‘alaba qozonib, yakka peshqadamlikni qo‘lga oldi
Ispaniya La Ligasining 2024/2025 yilgi mavsum 26-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Sosyedad" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "Barselona" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida "Real Sosyedad" bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi, jamoa himoyachisi Aris Elustondo qizil kartochka oldi. Uchrashuvda hisob 25-daqiqada "Barselona" himoyachisi Jerar Martin tomonidan ochildi. 29-daqiqada Mark Kasado mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 56-daqiqada Ronald Arauxo hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 60-daqiqada Robert Levandovski yakuniy hisobni o‘rnatdi - 4:0.
O‘tkazilgan 26 o‘yindan so‘ng "Barselona" La Liga turnir jadvalida 57 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. "Real Sosyedad" esa shuncha o‘yindan keyin 34 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
"Barselona" - "Real Sosyedad" 4:0
2 mart, soat 20:15
"Olimpik Lyuis Kompanis"
Gollar: Martin 25, Kasado 29, Arauxo 56, Levandovski 60.
"Barselona": Shchensni, Martin, Kubarsi (Erik Garsiya, 59), Arauxo (Fort, 76), Kunde, Kasado, Rafinya (Ferran Torres, 59), Pedri (de Yong, 59), Olmo (Lopes, 71), Yamal, Levandovski.
"Real Sosyedad": Remiro, Xavi Lopes, Elustondo, Subeldiya, Aramburu (Traore, 64), Subimendi (Turryentes, 46), Marin, Olasagasti (Martin, 20), Serxio Gomes, Barrenechea (Maryeskurrena, 46), Ouskarsson (Munyos, 77.
