"Barselona" rekord darajada daromad oldi

"Barselona" rekord darajada daromad oldi

19 mart, yakshanba kuni “Barselona” va Madridning “Real” klublari o‘rtasida La Liga doirasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu qarama-qarshilikka 95 ming muxlis tashrif buyurdi.

RAC1 ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu o‘yindan 8,2 million yevrodan ko‘proq daromad olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu Kataloniya grandi uchun rekord ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tdi va "Barselona"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qo‘shib berilgan vaqtda hal qiluvchi gol yarim himoyachi Frank Kessie tomonidan kiritildi.

Ushbu muvaffaqiyat evaziga Xavi Ernandes shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Real"dan ochkolar farqini 12taga yetkazishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!