"Barselona" darvozaboni operasiya qilinadigan bo‘ldi

"Barselona" darvozaboni operasiya qilinadigan bo‘ldi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatini davolash uchun jarrohlik amaliyoti boshdan kechiradigan bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli germaniyalik posbon bir necha nafar shifokorlar bilan maslahatlashgach, belidagi muammoni operasiya yordamida hal qilish borasida qaror qabul qildi. Buning oqibatida Ter Shtegen 2-3 oy davomida maydondan tashqarida qoladi.

Mark-Andre Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishtirok etishi borasida xulosa berish qiyin. U yanvar oyida o‘tkaziladigan Ispaniya superkubogi bahslarini o‘tkazib yuboradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!