“Bardam bo‘l, tez orada safga qaytasan!" Ronaldu jarohat olgan Fatini qo‘llab-quvvatladi

“Bardam bo‘l, tez orada safga qaytasan!" Ronaldu jarohat olgan Fatini qo‘llab-quvvatladi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan tiklanayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fatiga murojaat qildi.

Ronaldu "Instagram"dagi sahifasiga 18 yoshli futbolchining reabilitasiya mashqlarini bajarayotgani aks etgan videoni joylashtirdi va shunday yozdi: “Bardam bo‘l, to‘xtama! Tez orada safga qaytasan!".

Ushbu mavsumda Fati "Barsa" safida La Liganing 7 uchrashuvida 4 ta gol urdi. Jarohati tufayli u 7 noyabrdan beri maydonga tushmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!