Bakalavr va magistratura qabuli uchun davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili uchun:

▪️bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:
➖umumiy qabul parametrlarini;
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;

▪️hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!