Bagam orollaridan birida uch nafar amerikalik sayyohning jasadi topildi

Bagam orollaridan birida uch nafar amerikalik sayyohning jasadi topildi

Bagam orollari polisiyasi seshanba kuni Bagamdagi kurortlardan birida uch amerikalik sayyohning o‘lik holda topilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi ABC News.

Huquq-tartibot idoralari o‘lim holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini aytmoqda. AQSh fuqarolarining o‘limiga sabab gazdan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Halok bo‘lganlar orasida Tennessi shtatidan 68 yoshli Maykl Fillips va 65 yoshli Robbi Fillips, shuningdek, Floridalik 64 yoshli Vinsent Chiarella bor.

Chiarellaning rafiqasi 65 yoshli Denis Chiarella tirik qoldi. U davolanish uchun Nyu-Providensga (Bagam orollari) samolyot bilan olib ketilgan va keyin Floridadagi kasalxonaga o‘tkazilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt nafar sayyoh ham is gazi bilan zaharlanishdan oldin sog‘lig‘ining yomonligi haqida shifokorga shikoyat qilgan. Er-xotin Eksuma orolidagi Sandals Emerald Bay yaqinidagi alohida villalarda yashagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!