Azov polki qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamar Mariupolda uning 600 nafar jangchisi og‘ir yaralanganini aytdi

 Azov polki qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamar Mariupolda uning 600 nafar jangchisi og‘ir yaralanganini aytdi

Palamar Ispaniyaning ABC gazetasiga bergan intervyusida "600 nafar jangchi jiddiy jarohat olgan va bu raqam o‘sishda davom etmoqda. Hokimiyat biz qamalda qolishimiz mumkinligini bilgan, ular ta’minot uchun logistika koridorini yaratish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak edi...

Bizda chiqish uchun bunday buyruq yo‘q edi, faqat birgina buyruq bor edi va hozir ham shunday: mudofaani saqlab turish va biz mudofaani saqlab turibmiz... Bu juda og‘ir va qiyin vaziyat”, — dedi Palamar.

Uning fikricha, Kiyev Azov jangchilarini qutqarish uchun "imkonsiz narsani qilishi kerak".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!