Aziza Yokubova o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi!

Aziza Yokubova o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqada -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yokubova chorak finalda italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga chiqdi.

Qayd etish lozimki, Aziza ushbu g‘alabasi orqali o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi. Hali O‘zbekiston vakilasi ayollar (kattalar) o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim finalga chiqmagandi. Bu degani — Aziza Yokubova o‘zi uchun JCh medalini naqd qildi.

Ma’lumot uchun: Turkiyada o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 20-mayga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!