Ishlab chiqarilgan mamlakati noma’lum tovarlarga nisbatan qo‘shimcha boj joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining 27 noyabr kuni qabul qilingan, 1097-son qonuni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan Bojxona kodeksida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni jo‘natuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar, O‘zbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng ko‘p qulaylik berish rejimini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha bojxona boji undiriladi:
bojxona bojining advalor stavkasi turi 10 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 5 foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 10 foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi 20 foizdan 30 foizgacha bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 15 foiz;
bojxona bojining advalor stavkasi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan tovarlarga nisbatan – 20 foiz.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kunda e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.