Ayollar sochini bo‘yasa bo‘ladimi?

Ayollar sochini bo‘yasa bo‘ladimi?

Sochni bo‘yasa bo‘ladi va buning g‘usl hamda tahoratga zarari yo‘q. Bu haqda muhtaram ustoz doktor Vahba Mustafo Zuhayliy o‘zining «Fatavoiy Muosira»  kitobida quyidagilarni yozadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam oqargan soch va soqolni bo‘yashni muboh qilganlar. U zotdan sobit bo‘lgan hadisda bu ma’no bor».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, yahudiy va nasorolar bo‘yamaydilar. Bas, ularga xilof qilingiz», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy).  Shofe’iylar sochni qoraga bo‘yashni harom, deyishgan. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrning otasi Abu Quhofani bundan qaytarganlar. Uning soch-soqoli haqida «ikkisini o‘zgartiringlar, qorani chetlatinglar» deganlar. Lekin fuqaholar jumhuri: bu narsa Abu Quhofaga o‘xshagan o‘ta qari odamlarga xos, deyishgan. Sahoba va tobe’inlardan bir jamoa, Usmon, Hasan, Husayn, Uqba ibn Omir, ulardan keyin Ibn Siriyn, Abu Burda va boshqalar qoraga bo‘yashgan».

Ulamolarimiz bu masalada, xususan, sochni qoraga bo‘yash haqida turli holatlarni e’tiborga olib bir qancha gaplarni aytishgan. Jumladan, oila qurmoqchi bo‘lgan odamning aldash uchun sochni qoraga bo‘yash harom, deyilgan. Ayol kishiga eri ruxsat bersa joiz, deganlar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!