Ayollar baland poshnali poyafzal kiyishga qarshi chiqishmoqda

Ayollar baland poshnali poyafzal kiyishga qarshi chiqishmoqda

Yaponiyada xotin-qizlar ish vaqtida baland poshnali poyafzal kiyishni majburlovchi amaliy dress-kod qoidalari bekor qilinishini talab qildi. Tashabbus aktrisa va yozuvchi Yumi Isikava tomonidan ilgari surildi, deya xabar beradi The Guardian.

Faollar hukumatga murojaat qilib ish beruvchilarning ayollarga nisbatan baland poshnali poyafzal kiyish borasidagi talabini rasman taqiqlashga chaqirdi. Petisiyaga 19 mingga yaqin kishi imzo chekdi.

Yaponiya mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashgan Isikava jurnalistlarga amaldorlar xotin-qizlarning talabini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Aktrisa hamon amal qilib kelinadigan amaliy dress-kod qoidalarini gender kamsitilishi yoki jinsiy shilqimlik deya baholadi.

2017 yilda Kanadaning bir qator viloyatlarida rasmiylar kompaniyalarga xotin-qizlarning ish vaqtida baland poshnali poyafzallar kiyishini majburlovchi qoidalarni bekor qilishni talab qilgan edi. Bu kabi amaliyot xavfli va kamsituvchi deya tan olindi. O‘sha yili xuddi shu kabi qonun Filippinda qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!