Ayol kishining ulama sochdan foydalanishi harommi?

Ayol kishining ulama sochdan foydalanishi harommi?

Hadislarning soch ulashni mutlaq harom ekaninga dalolat qilishiga qaramay, ulamolar uning harom bo‘lishi  chegarasi borasida turli fikrlarni aytganlar. Bu hukm barcha turdagi ulamalarga tegishlimi yoki  alohida bir turdagi ulamaga xosmi? Bu borada ikki xil fikr bor:

1 Ayolning o‘z sochiga boshqa bir odamning sochini ulashi bilittifoq harom hisoblanadi.

2 Ayolning o‘z sochiga odamning sochidan bo‘lmagan vositalarni ulashi. Bu borada ulamolarning ixtilofi quyidagi masalalarda aks etadi:

         a) Hanafiylar kishi tuya, echki  va boshqa hayvonlarning junlaridan yoki lattalardan qilingan ulama-bezaklardan foydalanishni muboh hisoblaganlar. Chunki bunda o‘zida bo‘lmagan narsani bor qilib ko‘rsatish va odamning a’zolaridan biridan foydalanish holati yo‘q. Yuqoridagilar hanafiylar nazdida ulama taqishning harom bo‘lishiga asosiy omil hisoblanadi.

Ibn Obidin o‘zining “Hoshiya”sida: “Albatta, ruxsat ayollar soch o‘rimini ko‘p qilib ko‘rsatish maqsadida taqib oladigan, odam sochidan boshqa narsada bo‘lib, jundan  soch o‘rimi va gajak sifatida foydalanish mumkin”, degan.

b) Molikiylar ayolning  odam sochidan bo‘ladimi, yoki jun va qilga o‘xshash narsalardan tayyorlanadimi, har qanday ulama taqishini harom, deydi. Imom Molik: “Ayol o‘z sochiga boshqaning sochini ham, yungni ham ulashi mumkin emas”, degan.

Molikiylar ayollar sochlariga har xil rangli lattalar, sochga o‘xshamaydigan ipak tolalarni qo‘shib o‘rishini ulama deb hisoblamagan va bundan qaytarmaganlar. Imom Molik: “Ayollarning soch o‘rimi yechilib ketmasligi uchun lattalar bilan bog‘lab, orqasiga tashlab olishining zarari yo‘q”, deganlar.

3) Shofeiy mazhabi ulamolari sochga odamning sochidan boshqa narsani ulab yurishiga batafsil to‘xtalganlar. Ularning fikricha, ayolning odam sochidan  boshqa bir narsani ulab olishi, ulamaning pok yoki nopok narsadan tayyorlanganiga qarab farqlanadi. Agar ulama o‘limtikning yungi bo‘lsa yoki go‘shti yeyilmaydigan tirik hayvondan qirqib olingan bo‘lsa ham mutlaq harom hisoblanadi. Bu namozda ham namozdan tashqarida ham harom hukmida turaveradi.

Agar mazkur ulama toza narsadan tayyorlangan bo‘lsa, holatga qaraladi. Ayol erli bo‘lib,, eri bunga ruxsat bermagan bo‘lsa, aldov va firib bo‘lgani sabab mumkin bo‘lmaydi.

Agar erining roiligi bilan, zaruratsiz, pardoz ma’nosida qiladigan bo‘lsa, bunda ham ikki holat bo‘ladi:

- Uning asliy harom ish ekani e’tiboridan buni mumkin emas, deyish ham mumkin.

- eriga chiroyli ko‘rinish maqsadida  ziynatlanish uchun qilsa, joiz hisoblanadi. Bu fikrlar ichida eng afzalidir.

Bu fatvolar tabiiy sochga o‘xshatib jun va shunga o‘xshashlardan tayyorlangan ulamalarga tegishli hukm. Ammo, rangli lattalar, ipak va  shunga o‘xshash sochga umuman o‘xshamaydigan narsalarni taqishda hech qanday ta’qiq yo‘q. chunki bunda birovni aldash va ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmaydi.

Hanbaliy mahabi ulamolari fikriga ko‘ra, odam sochidan boshqa narsa – xoh jun yoki echkining qiliga o‘xshash narsalar bo‘lsin, hadisning umumiy ma’nosiga ko‘ra, odamning sochiga o‘xshab harom hisoblanadi. Chunki bunda sochga o‘xshash narsan foydalanilgani uchun aldov bor. ayolning o‘z sochiga qo‘yning yungidan yigirilgan ulama taqishi durust emas. 

Ulamani jun, qil va sochdan boshqa  narsalardan tayyorlab, soch o‘rimini bog‘lashda foydalanishning zarari yo‘q. Chunki bu hojat yuzasidan bo‘lib, sochni bog‘lamaslikning imkoni yo‘q.

Agar, soch o‘rimi yechilib ketishidan boshqa bir  hojat yuzasidan  ulama taqilsa, bu borada ikki xil  qarash mavjud:

Birinchisi, makruh. Ikkinchisi harom bo‘lib, ayolning o‘z sochiga  jundan yasalgan sun’iy o‘rim va tolalar ulashi ta’qiqlanadi.

Yungdan  tayyorlangan yasama soch taqish, Jobir roziyallohu anhudan qilingan hadisning umumiy ma’nosiga ko‘ra, ta’qiqlanadi.

Ibn Qudoma:  “Bu borada kelgan fikrlarning eng yaxshisi shuki, ayol jun va qildan tayyorlangan  yasama soch taqishi, unda aldov borligi sabab, harom. Shuningdek, toza yoki notoza  ekanida ixtilof  bo‘lgan yasama sochlarni taqish ham shular jumlasidandir. Bundan boshqa narsalarni ulab olishda aldov yo‘qligi, ayolning o‘z turmush o‘rtog‘iga bezarar vositalar yordamida chiroyli ko‘rinishga urinishi ta’qiqlanmagan. Ulamadan qaytarilgan hadislarning umumiy ma’nosi esa, makruhlikka yo‘yiladi”.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!