Ayol homiladorligini to‘lg‘oq paytida bildi va uch egizakni dunyoga keltirdi

Ayol homiladorligini to‘lg‘oq paytida bildi va uch egizakni dunyoga keltirdi

AQShning Janubiy Dakota shtati Sterjis shahrida yashovchi ayol homiladorligini to‘lg‘oq chog‘idagina bildi, deb xabar bermoqda KOTA-TV.

Bungacha ayol qornida og‘riq his qilganida buyragidagi toshlar tufayli deb o‘ylagan. Navbatdagi marta g‘alati hissiyotni sezgach, shifokorlarga murojaat qilgan.

Shifokorlar bemorning buyragida hech qanday tosh yo‘qligini aytib, tez orada uch egizakni dunyoga keltirishini ma’lum qilgan.

Haqiqatan ham to‘rt daqiqa ichida har biri ikki kilogrammga yaqin ikki qiz va bir o‘g‘il tug‘ilgan hamda oiladagi farzandlar sonini besh nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!