Avvalgi payg‘ambar alayhimussalomlar ko‘pxotinli bo‘lmaganmi?

A A A
Avvalgi payg‘ambar alayhimussalomlar ko‘pxotinli bo‘lmaganmi?

Qayta-qayta guvoh bo‘layotganimiz voqea – payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqidagi noxolis ma’lumotlar haqida so‘zlamoqchimiz. Biron bir musulmon kimsa hech qachon payg‘ambar alayhimussalomlardan birini masxara qilmaydi. Payg‘ambar alayhissalom ayoli nechtaligi, nima ish qilgani, nima voqealar bo‘lgani haqida salbiy fikrlar musulmonlardan sodir bo‘lmaydi. Ammo taassuflar bo‘lsinkim, boshqa din vakillari yoki dinsiz dahriylar tarafidan mana shundayin razil narsalar yozilib, payg‘ambari uchun jonini tikishga tayyor ummatning hislariga tegish, ularni g‘alayonga keltirishi kuzatilmoqda.

Bu toifaning eng ko‘p yopishib olgan mavzusi ko‘p xotinlik. Ular bu xususda turli maqolalar va karikaturalar qilishlari bilan mashhur. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning birdan ko‘p ayollarga uylanganligini butun dunyoga salbiy tasvirlab, u zot alayhissalomni shahvatparastlikda ayblayotgan (na’uzubillah) ushbu nusxalar, bundayin ruxsat Alloh taoloning payg‘ambariga bergan ruxsati ekani, bu o‘sha payg‘ambar zamoni uchun salbiy voqea bo‘lmagani va, qolaversa, ko‘plab payg‘ambarlar ko‘payollik bo‘lganini bilisharmikan?

Inson xolis bo‘lishi lozim. Balki boshqa din vakillari yoki dahriylar uchun payg‘ambarlardan birini masxara qilish oddiy holdir. Ammo musulmonlar uchun ularning payg‘ambarini masxara qilinishi fojiadir. Zotan, musulmonlar o‘z payg‘ambari bo‘lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamni o‘zlari, ota-onalari va farzandlaridan-da ko‘proq sevishadi. 

Endi maqola mavzusi haqidagi ma’lumotlarga o‘tamiz. 

Payg‘ambarlar alayhimussalom ayollari haqida. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayotlari davomida o‘n bir ayolga uylanganlar. U zoti sharifalar: Xadija (Xadicha) binti Xuvaylid, Oisha binti Abu Bakr, Xafsa binti Umar, Savda binti Zam’a, Zaynab binti Jahsh, Zaynab binti Xuzayma, Ummu Salama binti Abu Umayya, Ummu Habiba binti Abu Sufyon, Juvayriya binti Horis, Safiyya bint Huyay, Maymuna bint Horis roziyallohu anhunna. 

Nikohlarida esa bir vaqtning o‘zida to‘qqiz ayollari bo‘lgan. Hadija bint Xuvaylid va Zaynab bint Xuzayma u zotning hayotlik chog‘laridayoq vafot etishgan. 

Bu ayollardan birinchisi bo‘lmish Hadija roziyallohu anho bilan to u sharafli ayol vafot qilgunicha birga yashaganlar. Shuningdek, boshqa ayollariga uylanishlari ham ba’zida asir musulmonlarni hayotini saqlab qolish, ba’zida esa himoyasiz qolgan beva ayolning himoyasi, ba’zan u zot uchun fidokor bo‘lgan sahobiylarga hurmat, yana ba’zida esa biron johiliyat odatini bekor qilish uchun bo‘lgan. U zot hayotlari davomida birgina qizga uylanganlar, qolgan barcha ayollari juvon bo‘lishgan. Vaholanki, atroflarida u zot uchun o‘z  qizlarini nikohlashga so‘zsiz tayyor bo‘lgan minglab sahobiylar bo‘lgan. 

Qolaversa, yahudiy dinida ayollarga uylanishga mutlaq chegara qo‘yilmagani ma’lum. Payg‘ambarlar alayhimussalomning barchasi Alloh ruxsati bilan ko‘p ayollarga uylanishgan. Bu – sobit haqiqat.

Ya’qub alayhissalom ayollari to‘rtta bo‘lgan:

1. Liyya. 

2. Rohil.

3. Balho.

4. Zalfo.

Muso alayhissalom ayollari ham to‘rtta bo‘lgan:

1. Safura.

2. Bint Qoyniy.

3. Jabshiyya.

4. Bint Habbob.

Dovud alayhissalom ayollari yettita bo‘lgan:

1. Ma’ka.

2. Majiys.

3. Abiytol.

4. Abiyjol.

5. Ujla.

6. Miykol bint Shovul.

7. Axina’um.

Sulaymon alayhissalom ayollari soni yuzta bo‘lgan: 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: “Bu kecha yuzta xotin(larim)ni aylanib chiqaman. Har bir xotin Allohning yo‘lida jihod qiladigan bittadan o‘g‘il tug‘adi”, – dedi. 

Shunda farishta unga:

– Inshaalloh, degin, – dedi. 

U esa (inshaallohni) esidan chiqarib, aytmadi. 

Bas,  u (ayol)larni aylanib chiqdi. Ularning  birortasi ham tug‘madi. Faqat birgina ayol, u ham bo‘lsa, (chala) yarim inson tug‘di. 

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

– Agar u inshaalloh, deganida edi, qasamida rost va hojatiga erishishiga umidliroq bo‘lgan bo‘lar edi, – dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 

Ibrohim alayhissalomning ayollari to‘rtta bo‘lgan:

1. Sora.

2. Hojar.

3. Qunturo.

4. Hajun.

Ismoil alayhissalomning ayollari ikkita bo‘lgan:

1. Umora.

2. Sayyida.

Ushbu payg‘ambar alayhimussalomlar ayollari haqida internetda ko‘plab maqolalar bor, qiziquvchilar bo‘lsa qidirib topishlari mumkin. Shuningdek, ularning ismlar turli manbalarda turlicha berilganini ham e’tibordan qochirmaslik lozim. Alloh taolo O‘z mulkida g‘olib zotdir. Insonlar maslahatiga muhtoj emasdir. O‘z mulkida xohlaganicha tasarruf etguvchi va barcha fe’li hikmat va manfaatga ega Zotdir.

Alloh taolo insonlarni yaratgan, ular ichidan payg‘ambarlarni tanlab olgan va bu uchun hech kimdan maslahat so‘ramaydigan Zotdir. Binobarin, ba’zi johillarning "nega unday bo‘lgan?", "nega bunday bo‘lmagan?" deya gumon qilishlari nomaqbuldir.

Alloh taoloning fe’li va taqdiridan so‘ralmas, zotan U  Xoliqdir.  Ammo bandalar qilgan ishlaridan so‘ralarki, ular ojiz va mukallaf, ya’ni ishlariga javobgardirlar. Alloh taolo payg‘ambarlarni odamlar orasidan O‘z xohishiga ko‘ra tanlab olgan va gunohlardan saqlagan.

Bu payg‘ambarlarga turli shariatlar ato etgan. Sulaymon alayhissalomning yuzta ayoli bo‘lgan. Ya’qub alayhissalom opa-singilga uylanganlar. Bu holatlar bizga ajib tuyulsa-da, aslida o‘sha zamon uchun oddiy hol va man etilmagan edi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bir necha ayolga uylanganlari shahvat yuzasidan emas, Alloh taolo ruxsati va ummat uchun manfaat uchun bo‘lgan, xolos. Zotan, u zot alayhissalom kimlarningdir doxiylari, ergashganlari kabi o‘nlab, yuzlab ayollar bilan zino qilib yashamaganlar, balki nikoh bilan hayot kechirganlar.

Shunday, ekan xayolimizga kelgan va eshitgan narsalarni aniq ilmini bilmay turib ayblash va haqorat qilishdan tiyilaveraylik. Ayniqsa, dinga oid masalalarda ehtiyot bo‘lish, aniq bilimi bo‘lmay turib biron diniy mavzuga o‘z xohishiga ko‘ra fikr bildirish va hukm berish o‘ta xatarlidir...

Sunnatulloh Abdulbosit

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

ЖЧ-2026нинг дастлабки голи муаллифи 9-дақиқада Хулиан Киньонес бўлди

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.