Avstraliyada elektron sigaretlar sotish taqiqlanmoqda

Avstraliyada elektron sigaretlar sotish taqiqlanmoqda

Yanvar oyidan Avstraliyada bolalar o‘rtasida nikotinga qaramlikning oldini olish uchun bir martalik elektron veyplar sotilishini taqiqlaydi.

Shuningdek, mamlakatda veyp ishlab chiqarish, reklama qilish va yetkazib berishni taqiqlovchi yangi qonunlar joriy etiladi. Bu rekreasiyali veypingni butunlay tugatish kampaniyasining bir qismi.

Veyping chekishni tashlashning bir usuli sifatida targ‘ib qilindi, ammo Avstraliya sog‘liqni saqlash vaziri bu "yangi nikotinga qaramlik"ga olib kelganini aytdi.

2021 yildan boshlab shifokor reseptisiz elektron sigaretlarni sotib olish yoki olib kirish taqiqlangan, ammo taqiqlanganiga qaramay, giyohvandlik darajasi o‘sishda davom etmoqda.

Sidney universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlarning chorak qismi veypingdan foydalangan, Australia's Cancer Council tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu yosh guruhidagi o‘nta o‘smirdan to‘qqiztasi nikotin veypini bemalol sotib olishi mumkin.

Elektron sigaretalar importini taqiqlashga yetakchilik qilayotgan Mark Batlerning so‘zlariga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab bir martalik sigaretalar importi, mart oyigacha esa terapevtik bo‘lmagan qayta to‘ldiriladigan tamaki mahsulotlarini olib kirish taqiqlanadi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, veypingning uzoq muddatli ta’siri haqida yetarli ma’lumot yo‘q. Jons Xopkins universiteti tadqiqoti bu amaliyotni surunkali o‘pka kasalligi va astma bilan bog‘ladi. Veyping suyuqliklarini o‘rgangan avstraliyalik olimlar ular o‘pka sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan "kimyoviy moddalar majmuasini" o‘z ichiga olishi haqida ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!