Attestat va diplomga apostil qo‘yish uchun oshirilgan yig‘im joriy etildi

Attestat va diplomga apostil qo‘yish uchun oshirilgan yig‘im joriy etildi

Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun oshirilgan yig‘im joriy etildi, deb yozmoqda Norma.

Mazkur holatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yig‘im undiriladi. Uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 %ini tashkil etadi, bu boshqa hujjatlardagiga qaraganda 2 baravar ko‘pdir. Kelib tushgan mablag‘larning 60 %i Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hisobraqamida qoladi, 40 %i esa – davlat byudjetiga o‘tkaziladi.  

Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar Prezidentning 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son qarorining 10-bandi «a» kichik bandiga muvofiq tayyorlangan.

Hujjat 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Ma’lumot uchun: apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan 1961 yilgi Gaaga konvensiyasiga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!