Attestasiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda pedagoglar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

Attestasiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda pedagoglar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestasiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!