"Atletiko" "Barselona" darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi (video)
«Atletiko» Ispaniya Kubogi 1/2 finalining dastlabki o‘yinida «Barselona»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tdi.
6-daqiqada Erik Garsiyaning avtogoli evaziga madridliklar oldinga chiqib olishdi. Tanaffusga qadar «matraschilar» yana uchta to‘p kiritishdi — Antuan Grizmann, Ademola Lukman va Xulian Alvares o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘lim boshida kataloniyaliklar bitta javob to‘pini kiritishgandi, biroq VAR ofsayd sababli golni bekor qildi. O‘yin yakunida mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi — Garsiya qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Javob uchrashuvi 3 mart kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida «Atletiko Madrid» o‘z maydonida «Barselona»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv tafsilotlari va tarkiblar bilan tanishing:
Ispaniya Kubogi. 1/2 final | 13 fevral | «Sivitas Metropolitano» (Madrid)
Atletiko — Barselona — 4:0
Gollar: E. Garsiya, 6-avtogol (1:0); Grizmann, 14 (2:0); Lukman, 33 (3:0); Alvares, 45+2 (4:0).
Atletiko: Musso, Gansko, Pubil, Rudjeri, Molina, Koke (Le Norman, 90), Lyorente, Lukman (Almada, 73), Simeone, Grizmann (Baena, 68), Alvares (Serlot, 68).
Barselona: X. Garsiya, Kubarsi (Joau Kanselu, 77), E. Garsiya, Balde (Arauxo, 77), Kunde, de Yong, Fermin Lopes (Martin, 87), Kasado (Levandovski, 37), Olmo, Yamal, Torres.
Ogohlantirishlar: Simeone (50), Lyorente (51), Baena (79), Pubil (86), Rudjeri (90) — Kasado (26), Olmo (86), Fermin Lopes (86).
Chetlatish: Erik Garsiya, 85 («Barselona»).
