Atlantadagi hayvonot bog‘ida 13 ta gorillada koronavirus aniqlandi

Atlantadagi hayvonot bog‘ida 13 ta gorillada koronavirus aniqlandi

AQShning Atlanta shahridagi hayvonot bog‘ida saqlanayotgan 13 ta gorillada koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, jonivorlarga virus kasallik alomatlari sezilmagan bog‘ xizmatchisidan yuqqan bo‘lishi mumkin.

"The Guardian" nashrining yozishicha, hayvonlar yo‘talishni boshlagan. Ularda burun oqishi kuzatilib, ishtaha yo‘qolgan. Olingan sinov natijalariga ko‘ra, 20 ta gorilladan 13 tasi "COVID-19" bilan zararlangani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda hayvonot bog‘i xodimlari kasal jonivorlarning ahvolini kuzatib bormoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyadan 60 yoshli gorilla yoshi tufayli ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.

Tiklanishdan keyin hayvonlar maxsus vaksina emlanadi. Yaqin kunlarda bog‘dagi orangutanlar, yo‘lbarslar, sherlar va boshqa jonivorlarga vaksina qilinishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!