Asakalik tadbirkor nega o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qilolmayapti?

Asakalik tadbirkor nega o‘z mahsulotlarini xorijga eksport qilolmayapti?

Andijon viloyati Asaka tumani “Boyguzar” mahallasida yashovchi Rustamjon Mamataliyev ko‘p yillardan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Asosan issiqxonalar barpo etib, turli sabzavotlar yetishtiradi.

“2015 yilda 2 gektar yer maydoni olib, “Mansur Rancho” firmasiga asos solgan edik. Shundan 1 gektariga issiqxona qurib, samarali foydalanib kelyapmiz. Endi qolgan yerga yuk saqlash ombori, qadoqlash sexi, suv havzasi qurib, 5000 ga yaqin g‘oz-o‘rdak boqmoqchimiz”, – deydi tadbirkor.  

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor mahsulotlarini xorijga eksport qilish uchun 2017 yilda Rossiya va Yevropa mamlakatlariga tijorat safariga borgan. Ikki oy davomida ko‘plab firmalar bilan shartnoma tuzgan. Shundan so‘ng, Chexiyaning “Karlo Vari” shahrida “Mansur Rancho Karlo Vari” firmasiga asos solgan.

“Ayni paytda alohida ofisimiz va omborxonamiz bor. Lekin 275 mln so‘m miqdoridagi 20 tonna quritilgan sifatli o‘rik mahsulotini uyda saqladik. Sababi yurtimizda yetishtirilgan maxsulotlar, jumladan, uzum, qovun va boshqa mahsulotlar laborotoriya sharoitida tahlil qilinganida eng yuqori koiffetsiyentga ega bo‘ldi. Shu bois barcha qoqilarni olgan narximizning yarim narxiga sotishga majbur bo‘ldik”, – deydi  R.Mamataliyev.

Ta’kidlanishicha, tadbirkor o‘z mahsulotlarini xorijda eksport qilish maqsadida 2 yildan buyon Savdo sanoat palatasi, viloyat va tuman hokimligiga murojaat qilib keladi. Lekin uning barcha sa’y-harakatlari zoye ketmoqda.

O‘zLiDeP vakillari va mahalliy kengash deputatlari ushbu masalani o‘z nazoratiga olib, yechimi bo‘yicha tegishli idoralarga so‘rov chiqarishini ma’lum qildi.

Umid qilamizki, mutasaddilar asakalik tadbirkorni samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.  

 Maftuna JALOLDINOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!