Arvoh bilan yuzma-yuz...

Azaldan ma’lum, hayotimizda biz odamlar, jonli mavjudotlardan tashqari, arvoh deb ataluvchi ob’ektlar ham ko‘p uchraydi. Ular turli ko‘rinishda, turlicha holatda va har xil vaqtda ko‘zlarimizga ko‘rinadi, yuragi zaifroqlarni qo‘rqitishadi. Arvoh mavzusiga qiziquvchilarning qalbini junbushga keltirishadi. Fanda esa hanuz arvohlar masalasida arzirli tadqiqotlar tashkil etilmagan. Bunga yo vaziyatning o‘zgarib turishi, yo arvohlarning o‘zlari to‘siq vazifasini o‘tashsa ham ajab emas...
ARVOHLAR JANGI
Krit oroliga borgan odam bu yerda g‘ayrioddiy, aqlga sig‘mas darajadagi manzaraga guvoh bo‘lishi tayin. Aytishlaricha, ochiq dengizda vaqti-vaqti bilan juda ko‘plab arvohlarning baqir-chaqirlari, oh-vohlari quloqqa tashlanadi. Bunga guvoh bo‘lgan odam haqiqatan yuzlab odamlar qo‘llarida qilich ushlagan holda bir-birlariga qarshi hujumga o‘tayotganini ko‘radi. Lekin ular oddiy arvohlar xolos. Hikoya qilishlaricha, qachonlardir xuddi shu orol yaqinida yunonlar va turklar o‘rtasida qonli janglar avj olgan. Minglab jangchilar shahid ketgan. Shundan beri Krit oroli yaqinida hadeganda tinchini topa olmagan jangchilar arvohlari dushmanga qarshi jang qilishda davom etadi. Atrofdagilarni qo‘rqitadi.
Endi shu o‘rinda Amerikaga qaytsak. 1862 yili Amerikada fuqarolar urushining qonli janglaridan biri bo‘lib o‘tgan. Janglar Tennesida armiya generali Jonsonga tegishli askarlar general Grant armiyasi o‘rtasida kechgan. O‘shanda jami 24 mingga yaqin harbiy halok bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarda tasvirlanishicha, jang shu qadar qonli kechgan ekanki, sal naridan oqib o‘tgan daryo suvi qon rangiga kirgan. Hali-hali o‘sha jangda shahid ketganlar bir-biriga qarshi jang qiladi. To‘g‘ri, endi ularning arvohi janglarda ishtirok etadi. Ajablanarlisi, arvohlar jang boshlagan payt shovqin-suronlar avj pallaga kiradi. Daryo suvi esa to arvohlar hayqiriqlari tinmaguncha, ular g‘oyib bo‘lmaguncha yana qon rangiga kiradi.
Fan vakillari bu mavzuda o‘z fikriga, xulosasiga ega. Ularning aytishicha, Amerikadagi kabi o‘ta shiddatli hamda ko‘p qon to‘kilgan janglar paytida halok bo‘lganlarning ruhiy quvvati bir joyga jamlanadi-yu, arshi-a’loga ravona bo‘lmasdan, o‘sha jang bo‘lib o‘tgan hududda qolib ketadi. Ayni o‘shalar vaqti-vaqti bilan biz insonlarga jangchilar arvohlari ko‘rinishida namoyon bo‘lib, hanuz notinch ekanliklarini, ikki dunyo oralig‘ida qolib ketganini keng namoyish eta boshlaydi.
ARVOHI BOR UYLAR
Bunday arvohlar asosan qotilliklar, shafqatsiz o‘lim topganlar, adolatsizlik tufayli joniga qasd qilganlar yashagan uylarda umr kechiradi. Uyning o‘sha arvohlar kezib yurishi tufayli doimiy egasi yo‘q. Bir marta bezovta arvohga ko‘zi tushgan odam, shubhasiz, bu uydan ura solib qochadi. Arvohlar esa bu tashlandiq uydan keta olishmaydi. Shafqatsizlik, diyonatsizlik qurboniga aylanib qolgani ularning xotirjam tortishiga yo‘l bermaydi.
Masalan, Moskva ko‘chalaridan biri yuzida Beriya yashagan uy qad ko‘targan. Kechalari uy yoniga mashina kelib to‘xtagani, cho‘zib signal chalgani, ketidan og‘ir qadamlar quloqqa chalinadi. Shu yaqin orada yashovchilar bu Beriyaning arvohi ekanini aytishadi. Arvoh haftasiga bir necha marotaba uyga tashrif buyurarkan.
tainy.net