Armiya “QVZ”chilari O‘zbekiston chempioni!

Armiya “QVZ”chilari O‘zbekiston chempioni!

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Oliy liga “QVZ” o‘yinlarining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Finalga uch jamoa yetib bordi – Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi, “18+” va “Beats”.

Dastlabki “Tanishtiruv” shartini “18+” jamoasi boshlab berdi. Hayotiy hazillar, do‘stona yumor final o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning o‘ziga xos yutug‘i bo‘ldi. Dangasaligi bilan tanilgan “Beats” jamoasi esa mamlakatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni kulgili tarzda omma e’tiboriga havola etdi.

“QVZ” tarixida hali sahnaga 50 nafar qorbobo chiqqan emas edi. Armiya “QVZ” chilari birinchi shartga tantanavor tayyorgarlik ko‘rib, harbiy libosni ko‘ylak va smokingga almashtirib chiqdi. Biroq oyoqdagi etiklar o‘zgarishsiz qolgan.

Birinchi shart bo‘yicha maksimal ball “Yirik kalibr” jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, “Beats” va “18+” tegishli ravishda keyingi o‘rinlarni egalladi.

Jamoalar O‘zbekiston “QVZ” chempioni bo‘lish uchun “Musiqiy uyga vazifa”, “Sardorlar bellashuvi”, “Videotanlov” shartlari bo‘yicha o‘zaro kurashdi.

Rang-barang chiqishlar, o‘ziga xoslik va yengil hazm bo‘luvchi hazillar bilan Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi barchaning diqqat markazida bo‘ldi.

Barcha shartlar yakuniga ko‘ra, armiya hazilkashlari 19,3 ball bilan 2019 yil chempioniga aylandi. “Beats” jamoasi 18,7 ball bilan ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, “18+” jamoasi 15,7 ball bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!