«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi AQSh jamoasida qoladi va MLSda faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda ESPN AR jurnalisti va insayderi Klaudio ijtimoiy tarmoq X (ilgarigi Twitter) orqali xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Messining «Barselona»ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, argentinalik futbolchi «Inter Mayami»ni tark etmoqchi emas. Shuningdek, yaqin kelajakda «Inter Mayami» va «Barselona» o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yil yozida «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolagandi. Uning joriy shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik hujumchining bozor qiymati 20 million yevroga teng. Lionel Messi «Barselona»ning asosiy tarkibida 2004 yildan 2021 yilgacha harakat qilgan bo‘lib, jami 778 ta o‘yin o‘tkazgan, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.