Argentinada kuchli qurg‘oqchilik tufayli chorva mollari nobud bo‘lmoqda

Argentinada kuchli qurg‘oqchilik tufayli chorva mollari nobud bo‘lmoqda

Argentinada uzoq davom etgan qurg‘oqchilik tufayli chorva mollari nobud bo‘lmoqda. Santa-Fe provinsiyasida 4 oydan beri yomg‘ir yog‘madi, deya xabar beradi Euronews.

Bu vaqt ichida mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining uch ming sigirlari nobud bo‘ldi.

Mahalliy ekspertlar agar qurg‘oqchilik davom etsa, Argentina sigirlarining yarmi nobud bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

«Mart-aprel oylarida yomg‘ir yog‘masa, mamlakatimizda oziq-ovqat sohasida jiddiy muammo yuzaga keladi», - deydi fermerlar.

Shuningdek, mamlakatda qurg‘oqchilik tufayli tabiiy yong‘inlar ko‘paygan.

Eslatib o‘tamiz, Argentinada qurg‘oqchilik uch yildan beri davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!