Arab davlatlarida «O‘rgimchak odam» haqidagi film taqiqlandi
“O‘rgimchak odam”ning yangi talqini transgenderizmni ijobiy aks ettirgani uchun Yaqin Sharqdagi bir qancha arab mamlakatlarida taqiqlandi.
Yaqin Sharq kinoteatrlari tarmog‘i VOX Cinemas va ROXY Cinemas butun mintaqada mazkur film namoyishini kechiktirgan edi. Biroq, shundan keyin bir qancha davlatlar film namoyishini umuman taqiqlab qo‘ydi.
Esquire Middle East xabariga ko‘ra, ular orasida Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham bor. Bu davlatlar joriy haftada 2018 yilgi “O‘rgimchak odam: o‘rgimchak haqida doston” filmining davomi bo‘lgan filmning har qanday namoyishni rasman taqiqlagan.
Ikkala mamlakatda ham bu qarorga rasmiy sabab ko‘rsatilmasa-da, biroq bunga filmda LGBTK+ tarafdorlari tasvirlari borligini ta’kidlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan shunday holatlardan biri film qahramonning eshigida "Trans bolalarni himoya qiling" deb yozilgan kamalakrang bayroqning paydo bo‘lganidir.
Boshqa bir sahnada qahramonning otasi kiygan polisiya formasining yoqasida trans pride bayrog‘i parchasi bo‘lgan.
Ushbu voqea Disney Pixar kinostudiyasining bir filmini ikki lesbiyan munosabatlari tufayli arab davlatlari taqiqlagan holdan bir yil o‘tib sodir bo‘lmoqda.
“Disney”ning mazkur filmi "mamlakatdagi media-kontent standartlarini buzgani uchun BAAdagi barcha kinoteatrlarda ommaviy namoyish qilish uchun lisenziya berilmagan", deb yozadi mamlakatning OAVni tartibga solish bo‘yicha rasmiy kengashi tvitterda.
Keyinchalik film Disneyning strim xizmatidan ham olib tashlandi.
