Arab davlatlari Turkiyaning G‘azoga qo‘shin yuborish rejasini rad etadi

Arab davlatlari Turkiyaning G‘azoga qo‘shin yuborish rejasini rad etadi

G‘azoda davom etayotgan genosidga javoban Turkiya bu genosid boshida ham arab davlatlariga xavfsizlik rejasini taklif qildi. Bu rejaga ko‘ra, Turkiya va arab davlatlari qo‘shma harbiy kuchlar tuzib, ularni G‘azo sektoriga joylashtirishi kerak edi.

Biroq arab davlatlari, jumladan, Misr bu taklifni rad etdi. Bundan tashqari, arab davlatlari G‘azo sektorida o‘z qo‘shinlarini joylashtirish g‘oyasidan voz kechdilar.

Rejaning o‘zi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan tomonidan arab davlatlari va IHTga tashrifi chog‘ida ilgari surilgan.

Eronning Isroilga hujumi paytida raketalarning bir qismi Iordaniyaning havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Misr tez-tez Isroil tomon uchayotgan husiy raketalarini urib tushiradi.

Avvalroq Turkiya Isroil bilan savdo-sotiqni butunlay taqiqlagan birinchi davlat bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!