AQShda yirik litiy koni topildi

AQShda yirik litiy koni topildi

Geologlar Nevada va Oregon shtatlari chegarasida yangi litiy konini topishdi. Mustaqil ekspertlarning fikricha, u dunyodagi eng katta litiy koni bo‘lishi mumkin.

Uning litiy zahiralari 20 dan 40 million tonnagacha bo‘lib, bu Boliviyadagi eng yirik kondan ko‘p deganidir. Bu kashfiyot litiyning global miqyosdagi dinamikasini o‘zgartirishi, uning narxiga va sayyoramizning turli hududlarini yetkazib berish xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin.

Kaldera Makdermitt deb nomlandi. U 16 million yil avval hududdagi vulqon faolligi natijasida vujudga kelgan. Qadimda vulqonning harakatlanishi natijasida litiyga boy magma yuzaga chiqdi. Millionlab yillar davomida ushbu mintaqadagi seysmik faollik litiyning yuzaga kelishiga olib keldi. Natijada 180 metrdan ortiq chuqurlikda illit qatlami paydo bo‘ldi. Endi bu juda qimmatli texnologik metallni qazib olishni boshlashgina qoldi, xolos.

Lekin bu unchalik oson ish emas. Ekologlar konning o‘zlashtirilishi atmosferaga CO2 ning katta miqyosda chiqishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashdi. Bundan tashqari, ushbu metallni qazib olish texnologiyasi nomukammal va katta hajmdagi qazib olinadigan yoqilg‘ilar sarfini o‘z ichiga oladi hamda yer osti suvi og‘ir metallar bilan ifloslanishi mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!