AQShda Ukraina haqida kutilmagan bayonot berildi

AQShda Ukraina haqida kutilmagan bayonot berildi

Amerika xalqi Ukrainadagi mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori. Bu haqda AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Amerikaliklar Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishini talab qilmoqdalar", — dedi u.

Grin, shuningdek, ushbu mojaroda askarlarning o‘limini to‘xtatish uchun Ukrainani moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirdi.

Bundan tashqari, u AQSh hukumati o‘z chegaralarini himoya qilishga e’tibor qaratishi kerakligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!