AQShda tug‘ilgan hamma bolaga ham avtomatik fuqarolik berilmaydi: Oq uy yangi cheklovlar joriy etdi

AQShda tug‘ilgan hamma bolaga ham avtomatik fuqarolik berilmaydi: Oq uy yangi cheklovlar joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp «tug‘ruq turizmi»ni cheklash hamda Amerika fuqaroligini himoya qilishga qaratilgan ikkita farmonni imzoladi.

Birinchi hujjatga muvofiq, ayrim toifadagi xorijliklarning farzandlariga tug‘ilgan joyi huquqiga ko‘ra avtomatik ravishda AQSh fuqaroligi berilmaydi. Bu cheklov AQSh hukumati tomonidan mamlakatga qarshi deb topilgan shaxslar, xorijiy terrorchilik tashkilotlari a’zolari hamda chet davlatlar manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslarga daxldor.

Ikkinchi farmon bilan Davlat departamenti va Ichki xavfsizlik vazirligiga «tug‘ruq turizmi» amaliyotiga barham berish vazifasi yuklandi. Endilikda farzandiga tug‘ilish bo‘yicha AQSh fuqaroligini olib berish maqsadida mamlakatga kelayotgan chet el fuqarolarining hududga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oq uy ma’muriyatining ta’kidlashicha, AQSh fuqaroligi «bebaho va yuksak ne’mat» hisoblanadi. Yangi chora-tadbirlar uning ahamiyatini muhofaza qilish hamda mamlakat immigrasiya tizimidan suiiste’molchilik maqsadida foydalanilishining oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, rasmiy Vashington ayrim «tug‘ruq turizmi» sxemalari amaldagi immigrasiya qoidalarini chetlab o‘tishga ko‘maklashuvchi jinoiy guruhlar bilan bog‘liq ekanini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-