AQShda itga 5 million dollar meros qoldirildi

AQShda itga 5 million dollar meros qoldirildi

AQShda Lulu laqabli border-kolliga xo‘jayinidan meros qoldi. Endi Lulu boy it. O‘tgan yili itning 84 yoshli xo‘jayini Dorris vafot etgan edi.

U vasiyatnomasida itini asosiy merosxo‘r sifatida qayd etgan. «5 mln dollarni itim Lulu hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun vasiyat qilib qoldiraman» deb yozgan marhum Dorris vasiyatnomasida.

Ayni paytda boyvachcha 8 yashar itga marhumning qo‘shnisi Marta Berton qarab turadi. Marta — itga qoldirilgan millionlardan foydalanishga huquqli yagona inson. 

Shuningdek, itga vafot etgan xo‘jayinidan mol-mulk ham qolganligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!