AQSh viza tizimini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

AQSh viza tizimini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

Evropa Ittifoqi ortidan Qo‘shma Shtatlar ham vizalar berish tizimini o‘zgartirishga qaror qilishdi - endi vizalar qog‘oz bo‘lmaydi. Bu haqda Business Standart nashri xabar bermoqdayozadi.

Aniqlik kiritilishicha, Davlat departamentining Konsullik ishlari bo‘yicha byurosi sayohatchilarning pasportlariga yopishtiriladigan qog‘oz vizalarni berishdan voz kechishga qaror qilgan va raqamli viza avtorizasiyasi (DVA) tizimini ishga tushirganini e’lon qilgan. Qayd etilishicha, Amerikaning Dublindagi elchixonasida o‘tkazilgan eksperiment natijalari Qo‘shma Shtatlarni bunday qarorga kelishga undagan.

Davlat kotibining viza xizmatlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Juli Stafft ta’kidlaganidek, odamlarga pasportida jismoniy hujjatsiz viza maqomini ko‘rsatish imkonini beruvchi ilova yoki boshqa narsa kerak bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi avvalgidek qoladi. Mutaxassislarning fikricha, u diplomatik vakolatxonalarda suhbatlashish tartibini bekor qilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!