AQSh Ukrainaga yordam yuborish uchun Xitoydan qarz olishga majbur bo‘ladi

AQSh Ukrainaga yordam yuborish uchun Xitoydan qarz olishga majbur bo‘ladi

AQSh Ukrainaga 40 milliard dollar yordam jo‘natish uchun qarz olishga majbur bo‘ladi, – deydi amerikalik senator Rend Pol.

Bu haqda “Breitbart News” nashri xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, Vashington Kiyevga o‘nlab milliard dollarlik harbiy va iqtisodiy yordam yubormoqchi, amerikaliklar esa inflyasiya hamda oziq-ovqat tanqisligi bilan kurashmoqda. Shu bilan birga, Rend Pol yordam paketining Ukrainaga o‘tkazilishiga qarshi chiqdi.

– O‘ylaymanki, Ukrainaga pul jo‘natish uchun Xitoydan qarz olishimiz kerak, – deydi senator.

Avvalroq senator ta’kidlaganidek, Kiyevga Amerika iqtisodiyotining bankrot bo‘lishi hisobiga yordam ko‘rsatish mumkin emas. U, shuningdek, AQShda davlat qarzi va inflyasiya o‘sib borayotganiga ham e’tibor qaratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!