AQSh Ukrainaga yana bir razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan
Bularga Rossiya NQZlariga zarba berishda HHM tizimlarini aylanib o‘tish kabi razvedka ma’lumotlari kiradi, deb yozmoqda Financial Times.
Ukraina so‘nggi paytlarda Rossiya energetika infratuzilmasiga misli ko‘rilmagan zarbalar bermoqda, deb qayd etmoqda gazeta.
Polshaning "Rochan Consulting" tahliliy guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida Ukrainaning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga (NQZ) bergan muvaffaqiyatli zarbalari soni rekord darajaga — 16 taga yetgan. 2026 yil boshidan buyon Rossiya NQZlari kamida 194 marta zarbaga uchradi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 baravar ko‘pdir.
Nashr tomonidan so‘rov o‘tkazilgan tahlilchilar Ukraina kampaniyasining o‘sib borayotgan muvaffaqiyatini mamlakatning ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish qobiliyati, shuningdek, boshqaruv tizimining yaxshilanishi bilan bog‘lashmoqda.
Ukraina yuqori martabali mulozimlarining gazetaga ma’lum qilishicha, bunda AQShrazvedkasining yordami ham katta rol o‘ynagan — ular Kiyevga dronlar uchun maqbul yo‘nalishlarni chizishda va HHM (havo hujumidan mudofaa) tizimlarini aylanib o‘tishda ko‘maklashgan.
