AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

AQShning sobiq vise-prezidenti Mayk Pens amerikaliklarda mamlakatning sobiq rahbari Donald Trampdan ko‘ra yaxshiroq variant borligini aytdi va 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini istisno qilmadi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

"Menimcha, Amerika xalqi xalq uchun ishlangan siyosatga qaytishni kutmoqda, lekin men ham yangi rahbarlar bizni eng oliy ideallarimiz atrofida birlashtirishi vaqti kelganiga ishonaman", dedi Pens.

Undan bu rolni o‘ynay olasizmi, degan savolga u: "Men sizga xabar berib turaman", deb javob berdi.

"Men va oilam Respublikachilar partiyasida qanday rol o‘ynashimizdan qat’i nazar, nomzod sifatidami yoki shunchaki harakat a’zosi sifatidami, menimcha, bizda yaxshiroq tanlov bor", - dedi Pens.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!