AQSh Senati Rossiyaga qarshi "jahannam sanksiyalari" qonun loyihasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
AQSh Senati kelayotgan haftada Rossiyaga qarshi "jahannam sanksiyalari" haqidagi qonun loyihasini ovozga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Axios nashri ma’lumotlariga ko‘ra, demokratlar respublikachilarga qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Bu Senatda kamdan-kam uchraydigan, 60 dan ortiq hammuallifga ega bo‘lgan ikki partiyaviy yutuqqa aylanishi mumkin, deb yozadi agentlik.
Hujjatning ko‘rib chiqilishi o‘z hayotining so‘nggi kunlarida ushbu qonun loyihasini ilgari surgan senator Lindsi Grem xotirasiga bag‘ishlangan xotira marosimi fonida o‘tadi. Uning 11 iyuldagi vafotidan so‘ng loyiha ikki marta qayta ko‘rib chiqildi.
Senatorlar ikkilamchi bojlarning maksimal stavkasini 500 foizdan 100 foizgacha pasaytirganliklari va Tramp ularga qarshi cheklov kiritishi mumkin bo‘lgan davlatlar sonini Rossiya nefti va gazining eng yirik beshta xaridori bilan cheklab qo‘yganliklari haqida avval xabar bergan edik.
Axios’ning yozishicha, prezidentning talabi bilan paketga Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirish ham qo‘shilgan. Tramp avvalroq shunday bo‘lgan taqdirda qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.
Biroq hozirgacha jamoatchilikka taqdim etilgan qonun loyihasi versiyalarida Eron tilga olinmagan.
Shu bilan birga, hujjatning oxirgi tahriri Tramp zimmasiga shaxsan Putinga va Rossiya oliy rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritish majburiyatini yuklagan edi.
Qonun loyihasi Senat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda ham, u hali Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak. Tramp Kongress tomonidan qabul qilingan hujjatni imzolashga majbur emas va unga veto qo‘yishi mumkin. Uni yengib o‘tish uchun ikkala palatada ham ovozlarning uchdan ikki qismi talab qilinadi.
