AQSh Rossiya bilan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bordi

AQSh Rossiya bilan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bordi

AQSh Rossiya bilan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr manbalarining bildirishicha, Amerika rasmiylari Rossiya tomonini koinotda qurol joylashtirmaslik haqida "ogohlantirishgan".

"Sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollar bo‘yicha suhbat AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan va Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan", deya xabar bermoqda WSJ.

Nashrning manbalariga ko‘ra, Jeyk Sallivan va Yuriy Ushakov Ukrainadagi harbiy amaliyotlar mavzusida ham bir necha bor shaxsiy suhbatlar o‘tkazgan.

Bundan tashqari, nashr insayderlarining bildirishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns va Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin o‘rtasida ham muloqot bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!