AQSh Respublikachilar partiyasi a’zosi Grin Ukrainaga tanklar yuborish chaqiriqlariga qarshi chiqdi

AQSh Respublikachilar partiyasi a’zosi Grin Ukrainaga tanklar yuborish chaqiriqlariga qarshi chiqdi

AQSh respublikachi senatori Marjori Teylor Grin hamkasbi Lindsi Gremning Ukrainaga tank jo‘natish haqidagi chaqiriqlariga qarshi chiqdi.

Gremning aytishicha, Ukraina harbiylariga tanklar kerak.

"Nega siz bizning janubiy chegaramizga tanklarni jo‘natishga chaqirmaysiz, u yerda mamlakat har kuni bosqinga olinmoqda va amerikaliklar fentanil bilan rekord darajada o‘ldirilmoqda", deb yozgan Grin Gremning chaqirig‘iga javoban Twitter'da.

U AQSh qonunchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga emas, Amerika xalqiga xizmat qilishini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!