AQSh Kongressi delegasiyasi Tayvanga yetib keldi

AQSh Kongressi delegasiyasi Tayvanga yetib keldi

Senator Ed Marki boshchiligidagi AQSh kongressmenlari delegasiyasi Tayvanga yetib keldi, deb xabar berdi orol TIV tvitterida.

“Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yuy Daley Tayvanning azaliy do‘sti senator Marki va uning partiyalararo delegasiyasini iliq kutib oldi”, — deyiladi tvitda.

Tayvandagi Amerika instituti (AQShning oroldagi elchixonasi vazifasini bajaradi) ma’lumotlariga ko‘ra, delegasiya tarkibiga besh nafar siyosatchi kirdi. Ularning 14 va 15 avgust kunlari Taypeyga safari Hind-Tinch okeani mintaqasiga katta tashrifning bir qismidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!