AQSh Gruziyada harbiy baza qurish niyatida emas

AQSh Gruziyada harbiy baza qurish niyatida emas

AQSh hukumati Gruziya hududida o‘z harbiy bazasini tashkil etishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda Amerikaning Tbilisidagi elchixonasi saytida ma’lum qilingan.

Shu tariqa, diplomatik missiya bir qator ommaviy axborot vositalarining Vashington Gruziya hududida harbiy baza qurish niyatida ekanligi haqidagi bayonotlariga izoh berdi.

Shu bilan birga, AQSh vakillari har ikki davlat mudofaa sohasida hamkorlik bo‘yicha o‘tgan kelishuvlarga amal qilishda davom etishini ta’kidladi.

12 sentyabr kuni “Mtavari Arxi” telekanali o‘z manbalariga tayanib, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Gruziya hukumatiga mamlakatda Amerika harbiy bazasini tashkil etishni taklif qilgani, ammo u rad etilganini ma’lum qildi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu boshqarma boshlig‘ining 2021-yilda Tbilisiga tashrifi chog‘ida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!