AQSh Braziliyaga harbiy bostirib kirish operasiyasini uyushtirmoqchimi?
Mamlakat TIV rahbari Mauro Viyeyra shunday fikr bildirdi.
Bu haqda hujjatni o‘rganib chiqqan CNN Brasil xabar bermoqda.
Deputatlarning so‘rovlari AQSh tomonidan Braziliyadagi PCC va Comando Vermelho (CV) jinoiy guruhlarini xorijiy terrorchilik tashkilotlari deb tan olinishi bilan bog‘liq edi.
"CV va PCC — Braziliyadagi eng shafqatsiz jinoiy tashkilotlardan ikkitasidir. Ular birgalikda minglab a’zolarni boshqaradi hamda Braziliya polisiyachilari, davlat mulozimlari va tinch aholiga qarshi vahshiyona hujumlar uyushtiradi.
Ularning ta’siri va noqonuniy tarmoqlari Braziliya chegaralaridan ancha tashqariga, butun mintaqamizga va bizning mamlakatimizgacha yoyilgan", — deb bayonot bergan edi may oyida AQSh davlat kotibi Marko Rubio.
O‘shanda u Oq uy AQSh va milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun "barcha mavjud vositalardan" foydalanishda davom etishini ta’kidlagandi.
Braziliya TIV hujjatida qayd etilishicha, Vashington tomonidan berilgan ushbu tasnif "uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda AQSh va Braziliya o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik uchun hech qanday amaliy naf keltirmaydi".
