Aql salohiyatini oshirishning eng samarali bo‘lgan yo‘llari

A A A
Aql salohiyatini oshirishning eng samarali bo‘lgan yo‘llari

Intellekt darajasini oshirish va miyani ishlashga majburlash o‘ylaganingizdan-da osonroq. Layfxaker nashri sizga aql salohiyatini oshirishning 10 oddiy, ilmiy sinalgan usulini taqdim etadi.

1. Miyani ishlating

Agar siz hech bo‘lmaganda bir marta hozirgidan-da aqlli bo‘lish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, juda yaxshi. Intellektual xususiyatlarni rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar maqsadga erishish yo‘lidagi ilk qadamdir.

Qiziquvchan bo‘ling, doimo yangi bilimlar orttiring, o‘zingizni qiziqtiruvchi jarayonlarni o‘rganing, tushunarsiz narsalarning tubiga yeting. Shunda atrofingizda o‘rganilmagan qancha narsalar borligini ko‘rib hayratlanasiz.

Nima qilish kerak?

Miyani foydali ish bilan band qiling, biror yangi mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish aqliy faoliyatingizda ijobiy aks etadi.

2. Kitob o‘qing

O‘qish nafaqat so‘z boyligi va dunyoqarashni kengaytiradi, balki tasavvurni rivojlantirishga ham yordam beradi. Kitob mutolaa qilayotganimizda biz yangi dunyoga sho‘ng‘ib ketamiz. Agar siz hissiy intellektingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshi kitoblarni ko‘proq o‘qing. Bu miya faoliyatini yaxshilashning eng samarali usullaridan biridir.

Nima qilish kerak?

Kutubxonaga a’zo bo‘ling, onlayn kitoblarni o‘qish mumkin bo‘lgan servisga yoziling, anchadan beri o‘qishni niyat qilgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing. O‘z oldingizga har oyda bittadan kitob o‘qishni maqsad qilib qo‘ying.

3. Hissiyotlarga erkinlik bering

His-tuyg‘ularimizni nazorat qilishga yordam beruvchi hissiy intellekt mavjud, shuningdek tizimli fikrlashimizga javobgar rasional intellekt bor. Qoidaga ko‘ra, ko‘proq rasional intellektga e’tibor qaratiladi, biroq buni esa to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.

Hissiy intellekt haqida ham unutmaslik kerak, zero u doimiy o‘zgarishlarga moslashish va muammolarni operativ hal qilishga yordam beradi.

Nima qilish kerak?

Hissiyotlaringiz haqida gapirishdan qo‘rqmang. Ishda yoki uyda nimadandir norozi bo‘lsangiz, atrofingizdagilar bu haqida qisman xabardor bo‘lishlari kerak, shunda oldingizdagi muammoni birgalikda hal qilish imkoni paydo bo‘ladi. Muammo yechimi har doim ham topilavermaydi, albatta, biroq siz o‘zingizga ziyon yetkazuvchi his-tuyg‘ularni ichingizda saqlab o‘tirmaysiz.

4. Kundalik harakatlarga o‘zgarish kiriting

Bu usul kimgadir bema’ni tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, samaralidir. Tishlaringizni odatda ko‘nikkan qo‘lingiz bilan emas, boshqasi bilan tozalashga urinib ko‘ring. Kompyuter sichqonchasini boshqa qo‘lda ishlatib ko‘ring. Uddalay olasizmi?

Kundalik harakatlarimizga o‘zgarishlar kiritsak, miyamiz o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, qanday qilib xuddi avvalgidek natijaga erishish mumkinligi haqida o‘ylashga majbur bo‘ladi. Bu miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak?

Miyangizni kutilmagan qarorlar qabul qilishga majburlang. Ishga yangi yo‘nalishdan boring, notanish shaharda xaritalar bo‘yicha harakatlanishni o‘rganing, do‘stlaringiz bilan xorijiy tilda suhbatlashing.

5. Qidiruv xizmatlarini tinch qo‘ying

Biz deyarli har kuni qandaydir yangi ma’lumotlarni qidiramiz, bunga naqadar oson erishayotganimiz va ularning miyamizdan naqadar tez chiqib ketishi haqida esa hatto o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Bor-yo‘g‘i ikki klikni amalga oshirasiz - qarabsizki, javob tayyor.

Internet kerakli ma’lumotni topishning eng oddiy usuli, albatta. Biroq u bizning miyamizni juda yalqov qilib qo‘yadi, chunki bilmagan narsamiz haqida bosh qotirib o‘tirishga hojat qolmaydi.

Nima qilish kerak?

Qidiruv xizmatlari, tarjimon ilovalar, konverterlar va kalkulyatorlardan vaqtinchalik foydalanmaslikka harakat qilib ko‘ring. Hisob-kitoblarni miyangizda bajarishga urinib ko‘ring yoki yuzaga kelgan savollarga javoblarni kitoblardan qidiring. Ha, bu ancha ko‘p vaqt oladi, biroq miyani ishlatishga, sizni esa - ma’lumotlarni eslab qolishga majbur qiladi.

6. Intellektual o‘yinlar o‘ynang

Miya faoliyatini rag‘batlantiruvchi o‘yinlar va dasturlar odatda nevrapatologlar va kognitiv psixologlar tomonidan miyaning muayyan bo‘limi faoliyatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqiladi. O‘yinlarning turi ko‘p: biri xotirani mustahkamlaydi, boshqasi esa - diqqatni jamlaydi, uchinchisi kenglikdagi yo‘nalishni yaxshilaydi.

Nima qilish kerak?

Xotirangizni mustahkamlamoqchimisiz? Turli ketma-ketliklarni eslab qolishga yordam beradigan o‘yinlarni o‘ynang. Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantirmoqchimisiz? Har xil buyumlarni qidirish talab qilinadigan o‘yinlarni o‘ynang. Miyani rivojlantirish usulini o‘zingiz tanlab olishingiz mumkin.

7. O‘zingiz bilan o‘zingiz suhbatlashing

Ko‘pchilik insonning o‘zi bilan o‘zi suhbatlashishi ruhiy beqarorlikka ishora qiladi, deb hisoblaydi. Biroq yaqinda buning aksi ekanligi isbotlandi - bunday suhbatlar miya faoliyatini rag‘batlantirar ekan.

O‘zingiz bilan o‘zingiz suhbatlashganingizda ma’lumotni tizimlashtirish va soddalashtirishga o‘rganasiz, bu esa muammolarni yanada samarali hal qilishga yordam beradi. Albatta, jamoat joylarida o‘zingiz bilan suhbatlashish maqsadga muvofiq emas, lekin uyda bemalol shunday qilishingiz mumkin.

Nima qilish kerak?

Ovozingizni chiqarib o‘qing, tez aytish ayting, she’r yodlang yoki qo‘shiq kuylang. Agar biror narsani eslab qolishga urinayotgan bo‘lsangiz, u holda buni o‘zingizga go‘yoki birovga tushuntirayotgandek singdiring. Ma’lumotni turli yo‘llar bilan yetkazing: xuddi hamkasbingiz yoki bola bilan suhbatlashayotgandek. Bunday texnika ma’lumotni yanada yaxshi o‘zlashtirish va tushunish imkonini beradi.

8. Fikrlaringizni qisqa bayon etishni o‘rganing

Bunda sizga ijtimoiy tarmoqlar yordam berishi mumkin. Masalan, Twitter tarmog‘ida qoldiradigan yozuvingiz 140 belgidan oshmasligi kerak. Buni qarangki, Twitter dan foydalanib, o‘z fikrlarimizni aniq va qisqa bayon qilish hamda ma’lumotni tizimlashtirishni o‘rganar ekanmiz.

Nima qilish kerak?

Twitter ga a’zo bo‘ling, bir varaq qog‘oz toping yoki telefondagi yozuvlar ilovasini oching va o‘z fikrlaringizni unga tushiring. Siz bu ish bilan istagan vaqtingizda shug‘ullanishingiz mumkin, bu biroz bo‘lsa-da chalg‘ishingizga yordam beradi.

9. Tillarni o‘rganishga kirishing

Til o‘rganayotganimizda miyamiz faol ishlaydi: yangi so‘zlarni eslab qolish davomida biz xotiramizni mustahkamlaymiz, avval qilmagan narsalarimizga urinib ko‘ramiz, boshqa tilda fikrlashga harakat qilamiz. Bularning barchasi dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarash imkonini beradi.

Bir necha tilda suhbatlashuvchi kishining miyasi birgina tilda so‘zlashuvchilarnikiga nisbatan ancha samaraliroq ishlaydi.

Nima qilish kerak?

Xorijiy tillarni oson va qiziq o‘rgatadigan servis va ilovalarni toping. Bugungi kunda yangi tilni o‘rnishga yordam beruvchi resurslar ko‘p. Suhbat ko‘nikmalarini mashq qilishni unutmang va albatta shu tilda suhbatlasha oladigan insonni toping - u bilan suhbatlashib yoki xat yozishib ko‘nikmalaringizni oshirasiz.

10. Aqlli insonlar bilan ko‘proq muloqot qiling

Atrofimizdagi insonlar ba’zan bizga o‘zimiz istaganimizdan-da ko‘proq ta’sir o‘tkazishadi. Shu bois sizga tushunarsiz bo‘lgan masalalarda yordami tegishi mumkin bo‘lgan insonlar bilan do‘st tutining.

Nima qilish kerak?

Muloqot doirangizni kengaytiring va sizlarni ezgulikka chorlashi mumkin bo‘lgan kishilar bilan tanishing. O‘z qiziqishlaringizdan kelib chiqib, biror bir mashg‘ulot bilan shug‘ullaning va u yerda ham do‘stlar orttiring.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

Eron armiyasi ko‘r, kar va soqov bo‘lib chiqdi

Исроил ҳаво кучлари Эрондаги 100 га яқин нишонга ҳужум қилиш учун 200 га яқин самолётдан фойдаланган ва бирортасини ҳам йўқотмаган.

Eron Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlarini urib tushirdi

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

"Qon ichmaguncha yotmayman": Netanyaxu Injildan qurol sifatida foydalanadi

Танқидчиларнинг таъкидлашича, Нетаняхунинг диний рамзийлиги ички аудиторияни эмас, балки Эронни ўз ичига олишга камроқ қаратилган.

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Jinsini o‘zgartirgan fuqarolarga yangi huquq berilmoqda

Фуқаролик ҳолати қайдлари қоидаларига ўзгаришлар киритилди.

«Roma» Shomurodovni sotmoqchimi?

L’Equipе хабарига кўра, Ўзбекистон миллий жамоаси ҳужумчиси МЛС клубидан таклиф олган.

Isroil Eronga qarshi eng uzoq masofadan zarba berdi

Машҳад Исроилдан тахминан 2300 км узоқликда жойлашган

Eron gipertovushli raketalar orqali Isroildagi ob’ektlarni aniq nishonga oldi

Бу ҳақда Tasnim хабар бермоқда.

Eron Isroilga qarshi urushda "yangi usul" qo‘lladi

Эрон инқилобий гвардияси сўзларига кўра, сўнгги ҳужумда Исроилнинг кўп қатламли мудофаа тизимлари бир-бирига қарши ишлашига сабаб бўлган янги усул қўлланилди ва бу Эроннинг кўплаб мўлжалларни муваффақиятли нишонга олишига имкон берди.

Buyuk Britaniyaning London shahri rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Бир вақтлар бутун дунёда имкониятлар юрти сифатида таниқли бўлган Америка Қўшма Штатлари энди айрим хорижликлар учун хавфли ва исталмаган жой сифатида кўрилмоқда.

Eronning Isroilga uyushtirgan so‘nggi hujumi qurbonlari soni besh nafarga yetdi

Эроннинг Исроил марказига қилган сўнгги ҳужуми оқибатида камида беш киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда N12 телеканали хабар бермоқда.

BMT global gumanitar yordam dasturini keskin qisqartirdi

Дунёдаги кризис ўчоқларида эҳтиёж ошиб бораётган бир пайтда, БМТ молия етишмаслиги сабабли ёрдам дастурларини қисқартиришга мажбур бўлди. Гуманитар муассасалар таъбири билан айтганда, «эшитилмаган даражадаги молиявий танқислик» қарорлар қабул қилишда оғриқли танловларга олиб келмоқда.

Isroil G‘azoda aloqa infratuzilmasini maqsadli ravishda yo‘q qilmoqda

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг расмий Медиаофиси баёнот берди.

Kreml Netanyaxuning bayonotiga javob qaytardi: “Isroil harakatlarini qoralaymiz”

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг Эрондаги ҳокимият ўзгариши ва Исроилнинг ҳужумлари ўртасидаги боғлиқлик ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

Ukraina Tataristondagi dron zavodiga zarba berdi

Бу ҳужум Украина чегарасидан қарийб 1000 км узоқда амалга оширилган. Украина Бош штабига кўра, ушбу заводда Эронда ишлаб чиқилган «Шаҳид» дронлари йиғилади, синаб кўрилади ва Украина ҳудудига, айниқса, энергетика ва фуқаролик инфратузилмасига қарши қўлланилади.

Asalari chaqishi milliarderni o‘ldirdi: BAA shifokorlari hasharot kam uchraydigan yurak xavflariga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda

Ҳиндистонлик саноатчи ва Sona Comstar компаниясининг раиси Сунжай Капурнинг вафоти асалари чақиши натижасида юзага келган юрак хуружидан келиб чиққан бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Isroil elchisi: "Eronning xohish va imkoniyatlarini yo‘q qilmaguncha urush tugamaydi"

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

Makron: "Rossiya Isroil — Eron mojarosini hal qiladi? Uning o‘zi buzg‘unchi-ku!"

Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.

Eronga qo‘shni davlatlar xavotirda. Ular nimadan qo‘rqmoqda?

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги юқори мартабали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Ukraina va Yevropa Rossiyaga qarshi qonli "operasiya" tayyorlamoqda — manba

Ҳозирда Киев британияликлар билан биргаликда Болтиқ денгизи ҳудудида провокациялар тайёрламоқда.

Isroil Eronga qarshi urush uchun Rossiyaning xatolarini o‘rgandi — WSJ

The Wall Street Journal ёзишича, Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий кампанияси Россиянинг хатолари ва Украинадаги муваффақиятларни ҳисобга олган.

Rasman! Kabul Dusovga yakuniy sud hukmi e’lon qilindi

Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.

Yaqin sharqdagi mojarolar fonida oltin narxi rekord ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda

15 июнь куни қимматбаҳо металл нархи троя унцияси учун 3 450 долларга чиқиб, апрелдаги рекордга яқинлашди ва 1 грамм учун нарх 110 доллар атрофида бўлган. Хусусан, 12 июн ҳолатига олтин нархи ўтган йилга нисбатан қарийб 30 фоизга ошган.

Turkmaniston AQShning qarorini "noto‘g‘ri qadam" deya baholadi

Туркманистон ташқи ишлар вазирлиги АҚШнинг Туркманистон фуқароларига мамлакатга киришни қисман тақиқлашига катта ҳайрат ва ташвиш билдирмоқда.

Isroil g‘azabda: Parijda Isroilning to‘rtta asosiy qurol stendi yopildi

Бу қарор Исроил томонидан қаттиқ танқид қилинди ва икки анъанавий иттифоқчи давлат ўртасида кескинлашиб бораётган муносабатларни янада ойдинлаштирди.

Oyatulloh Homanaiy Isroil zarbalaridan so‘ng oila a’zolari bilan birga bunkerga ko‘chirildi

Оппозицион Эрон нашри Iran International маълумотига кўра, ушбу бункер Лавизон туманида жойлашган.

Dubaydagi janjalda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Дубай жамоат прокуратураси апрель ойида Дубайдаги бир бензин станциясида юз берган икки гуруҳ ўртасидаги жанжал бўйича тергов олиб бормоқда.

Eronning hujumidan so‘ng Isroilda o‘lgan yahudiylar soni ortib bormoqda

Бу ҳақда табиий офат қурбонларини аниқлаш ташкилоти (ZAKA) маълум қилди.

Isroil Eronning Mashhad aeroportida yonilg‘i quyayotgan samolyotga hujum qildi (video)

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот хизмати хабар тарқатди.