Apple filmlar yaratishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple filmlar yaratishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Amerikalik texnologiya va raqamli kontent ishlab chiqaruvchisi Apple kinofilm ishlab chiqarishga qo‘shimcha sarmoya kiritish orqali o‘zining striming xizmatiga kengroq auditoriyani jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya bir qator Gollivud kinostudiyalariga hamkorlik taklifi bilan murojaat qilgan.

Texnologiya giganti kinoteatrlar uchun filmlar yaratishga 1 milliard dollar sarmoya kiritishga tayyor. Ushbu mablag‘lar Martin Skorseze, Metyu Von va Ridli Skott kabi taniqli rejissyorlarning yangi asarlarini yaratishga yo‘naltirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!