APLda ishlari yurishmayotgan "MYu" Angliya Kubogini ham tark etdi
"Manchester Yunayted" Angliya kubogi 1/8 finalida "Fulxem"ga (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) mag‘lub bo‘ldi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Kelvin Bassi hisobni ochdi. 71-daqiqada Brunu Fernandesh hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqti va qo‘shimcha vaqt durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Bernd Leno Viktor Lindelyof va Joshua Zirkzening zarbalarini qaytardi.
"Manchester Yunayted" - "Fulxem" 1:1 (pen 3:4)
Angliya Kubogi, 5-raund
2 mart, soat 21:30
"Old Trafford" stadioni
Gollar: Bassi 45+1, Brunu Fernandesh 71.
"Manchester Yunayted": Onana, Yoro (Lindelef, 53), Maguayr (Xeven, 90), de Ligt, Eriksen (Kazemiro, 68), Zirkze, Diogu Dalot, Brunu Fernandesh, Ugarte (Garnacho, 53), Mazraui, Xeylund (Obi-Martin, 68).
"Fulxem": Leno, Robinson, Bassi, Andersen, Kastan, Berge, Lukich (Rid, 101), Ivobi (Sessenyon, 107), Pereyra (Villian, 90), Traore (Smit-Rou, 53), Rodrigo Muniz (Ximenes, 90.
