APL. «Manchester Yunayted» cafarda ochko yo‘qotdi
«Vest Xem» Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Manchester Yunayted» bilan durang o‘ynadi — 1:1. O‘yin Londondagi «London Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida London jamoasi hujumchisi Tomash Souchek hisobni ochdi. 63-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Kazemiro muvozanatni tikladi, biroq VAR ofsayd tufayli golni bekor qildi. Mankunianliklar faqat qo‘shib berilgan vaqtda — 90+6-daqiqada Benyamin Sheshkoning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
«Vest Xem» «Manchester Yunayted»ning to‘rt o‘yinlik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi va 24 ochko bilan APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. «MYu» esa 45 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Angliya Premyer-ligasi. 26-tur | «London Stedium»
Vest Xem — Manchester Yunayted — 1:1
Gollar: Souchek, 50 (1:0); Sheshko, 90+6 (1:1).
Vest Xem: Xermansen, Disasi, Mavropanos, Diuf (Skarlz, 80), Van-Bissaka, Souchek, Potts (Magassa, 79), Sammervill (Uoker-Piters, 90), Bouen (Traore, 90), Fernandesh, Kastelyanos (Uilson, 69).
Manchester Yunayted: Lammens, Maguayr (Yoro, 68), Martines, Shou, Dalot (Zirkze, 82), Kazemiru, Maynu, Brunu Fernandesh, Kunya (Sheshko, 69), Diallo, Mbemo.
Ogohlantirishlar: Fernandesh (70) — Dalot (57).
